avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

"Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
       Mavzu: Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
                                      Reja:
1.    Yurtimizda keksalar hamisha e`zozda.
2.    Qarisi bor uyning parisi bor.
3.    Keksalarimiz – azizlarimiz.
                                     
                                                   Keksalik bu – donishmandlik.
                                                   Keksalik – shukronalik.
                                                   Keksalik – sabru bardosh, qanoat darslari
                                                   o’qitiladigan ishonchli maktab…
                                                                       ( Qutlibeka Rahimboyeva)     
                                                                                             
                Kun, oy, yillar o`tgani sayin yurtimizda ko`plab o`zgarishlarni, rivojlanishlarni ko`rib odamning ko`zi quvonadi. Qadimdan aytadirlarkim, qaysi bir xalqning o’tmishi, urf-odati, qadriyat va taqdirini bilmoqchi bo’lsang, buning uchun uni bolalarga va keksalarga nisbatan munosabatini bilmoq darkor. Xorijiy mehmonlarning ta’kidlashicha, bizning O’zbekistonimiz haqidagi yorqin tasavvurlardan biri bu xalqimizning yosh avlodga nisbatan g’amxo`rligi va keksalarga ko’rsatilayotgan hurmati.
               Bu oliy sifatlar, mehr-oqibat va muruvvat tushunchalari azaldan o’zbek xalqiga tegishli. Qayerda kattalarga nisbatan hurmat-izzat ko’rsatilgan bo’lsa, shu xonadon baxtli hisoblangan. An’ana tarzida avval kattalar yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, sog’ligi va oyoqqa turishiga g’amxo`rlik ko’rsatgan, keyin esa voyaga yetgan farzandlar keksarib qolganlarga mehr-oqibat va hurmat-izzat ko’rsatgan. Xalqimizga xos o’lmas qadriyatlardan biri-bu yoshi ulug’ kishilarni ardoqlashdir. Ularga g’amxo’rlik ko’rsatish,duosini olish dunyodagi eng ulug’, eng savobli ishdir.
                Zamonlar o’zgarishiga qaramasdan xalqimizni bolalarga va keksalarga nisbatan munosabati o’zgarmasdan kelgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng bu narsalarga alohida, davlat darajasidagi, e’tibor berila boshlandi. Prezidentimiz tomonidan 2002-yilning “Qariyalarni qadrlash yili”  va 2015-yilning “Keksalarni e`zozlash yili”  deb nom olishi yurtimizda keksalarga, yoshi ulug`larga  bo`lgan e`tibor va e`tirofdan darak beradi. Mukarram yilda o’zining fayzli ismidagi barcha fazilatlari ko’chib o’tishini barchamiz birdek orzu qilamiz.
Bosh Qomusimiz, Konstitutsiyamizning 22 yillik tantanali marosimida so’zlagan ma’ruzalarida Prezidentimiz I.A.Karimovning alohida ta’kidlashlaricha, 2015 yilga bunday nom berishning negizida xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan qadriyatlari yotadi va keksa yoshdagilarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning ma’no-mazmuniga aylangan. Ushbu kunda muhtaram Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek:  “Bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz deb bilmog`imiz lozim.”
                  Bundan tashqari,  Prezident farmoniga asosan keksalarni ijtimoiy himoyalash, xususan, yilda bir marta o’zlari uchun maqbul muddatlarda sanatoriy-sog’lomlashtirish muassasalarida davlat hisobidan davolanish imkoni yaratilgan. Zero, har birimiz uchun salomatlik oliy ne`mat sanaladi.
Demak, aytish mumkinki, mehr bor joyda mehribonlik bor, sahovat, muruvvat, bir-biriga izzat-hurmat, oqibat kabi ulug‘ insoniy fazilatlar mujassam. Shular tufayli olam go‘zal, turmushimiz farovon, har bir inson hayotidan mamnun.
Inson doimo shu mehrga tashna bo‘ladi. Ayniqsa yosh ulg‘ayganda buni ko‘proq sezamiz,o’sha mehrni qumsab qolamiz, mehrga tashna qalb sohibiga aylanamiz, sog‘inamiz. Gohida xayolan yoshlik paytlariga sayr qilib, ortda qolgan izlarni o‘qiymiz. Qilgan yaxshi ishlarimizdan, vujudimizda iliqlik, xushkayfiyat tuyamiz. Yuragimizda allaqanday mehr uyg‘onadi, yaqin odaming bilan uchrashib, suhbatlashging keladi. Bu ham keksalikning o‘ziga xos jihatlaridan bo‘lsa kerak. Haqiqatdan, keksalarimizning dono-yu, oqilligi, hayotda ko`p yillik tajribaga ega ekanligi va eng asosiysi xonadonlarimizdagi farishtalarimiz ekanligi bu barchamizning oliy yutug`imiz, g`alabamiz desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki, yurtimizning ko`hna o`tmishi, zahmatlariga guvoh bo`lgan, necha asrlardan meros an`ana va urf-odatlarimizni bizgacha yetkazib kelgan aynan mana shu farishta bobo-yu buvijonlarimizdir. Axir  bejizga emas,  “Keksalarimiz — azizlarimiz” deya ulug`lanishi.
Yoshi ulug`lar haqida jo`shib gapirganimdan,  bir qisqagina hikoya yodimga tushib ketdi.  Unda shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega satrlar mavjud edi:
   Bir qariya hassaga suyanib borar edi. Yosh yigit uni masxara qilib dedi:
 — Bu yoyni qanchaga oldingiz? Joyini ayting, men ham olay.
Qariya javob qildi:
—    Agar umr vafo qilib, keksalik nasib etsa, bu yoyni senga tekinga beradilar.
               Keksalik nasib qilgan ota-bobolarimiz, oqil-u donoligi, tajribali hayoti bilan jamiyatda o’z o’rniga ega. Bekorga aytishmaydiki, “Qarisi bor uyning parisi bor”. Bu maqolning kelib  chiqishi xalqimizning qadimgi bir afsonasi bilan bog’liq: “Qadim zamonda qariyalarni o’ldirish odati bo’lgan ekan. Shunda otasini juda yaxshi ko’radigan bir yigit  uni o’ldirmasinlar deb, yashirgan… Kunlardan bir kun podsho kema bilan daryo sayohatiga chiqibdi. Ittifoqo kuchli po’rtana boshlanib, kemani daryoning chekkasiga chiqarib tashlabdi. Podsho va uning xizmatkor yigitlari qirg’oqqa tushishibdi. Bu yer parilar yurti ekan. Ular atrofni aylanib yurib, daryo yoqasidagi bir tepalikka kelib qolishibdi. Podsho daryoga qarasa, tuxumday bir gavhar yaraqlab turgan emish. Darhol yigitlarga shu gavharni olib chiqishni buyribdi. Yigitlar birin-ketin suv ostiga sho’ng’ib, gavharni topolmay, quruq qaytib chiqaverishibdi. Podshoning jahli chiqib, boshqalarni tushursa, ular ham topolmay chqishibdi. Bu sirli gavharga qiziqib qolgan podsho: “Bu gavharni kimki topib chiqsa, molu dunyolar in’om etaman. Topolmay chiqqanlarni o’limga mahkum etaman!” deb shart qo’yibdi. Navbat haligi otasini yashirgan yigitga kelibdi. U: “Oh, endi kunim bitdi” deb, otasining oldiga kirib, vidolasha boshlabdi. Shunda otasi: “Daryoga tushmasdan burun tepani bir qaragin. Hech vaqtda gavhar daryoning ichida bo’lmaydi. Qirg’oqdagi daraxt shoxida bir qushning ini bo’lsa keragu, gavhar ham o’sha inda bo’lsa kerak. Shuning shu’lasi daryoga tushib turgandir. O’sha daraxtga chiqib qidir”, deb maslahat beribdi. Yigit otasi aytgandek qilib, daraxtning daryoga egilgan shoxiga ehtiyotkorlik bilan chiqib boribdi. Qarasa, haqiqatdan ham pastga engashgan bir inda gavhar yaraqlab turgan emish. Darhol qo’yniga solib, olib tushibdi. Bu gavharning borligini shu yurtning egalari bo’lmish  parilar ham  bilmas ekanlar… Podsho yigitdan: “Buni qanday qilib bilding ?”-deb so’rabdi. Yigit otasi o’rgatganligini aytishga majbur bo’libdi. Shunda podsho o’sha cholnigina tirik olib qolmay, qariyalarni o’ldirish to’g’risidagi farmonini bekor qilgan ekan ”…
             Donishmand bobolarimiz, keksa kishilarga, mahalla-guzar ahliga nisbatan hurmat, mehr-oqibat, shafqat, muhabbat tuyg'ularini yurakdan eng asl gavhar donasiday asrash to'g'risida maxsus tarbiyaviy risolalar bitganlar. Ularning qimmatli asarlarida keksalarga mehr-muruvvat, g’amxo’rlik va e’zoz ko’rsatishning  mohiyati bilan birga, keksalik san’ati yoshlarga to’g’onoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard  bo’lishligi mohirona o’z ifodasini topgan,
Ahmad Yassaviy, Yusuf  xos Hojib, Mahmud Koshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy singari ajdodlarimiz, bobolarimiz ijodiy merosining katta qismi mana shu chuqur insoniy mavzuga qaratilgan. Katta kishilar oldida odob saqlash, ularning gapi, o'giti, pand-nasihatlarini quloqqa olib, amal qilishning ma'nosi sirtdan qaragandagiga nisbatan juda keng va terandir. Chunki, yoshi ulug' odamlarning zimmasiga o'zlaridan oldin o'tgan ota-bobolarining katta ma'naviy zil yuki yuklatilgandir. Bu tabarruk insoniyat hayotining bardavomligini, uzluksizligini ta'minlovchi «yuk»ni qabul qilib olishning ham o'ziga yarasha odob-qoidasi bor. Ularga har qancha mehr, shafqat ozlik qiladi.
 Shoir yozgan ekan: go‘dakdan so‘rashibdi niyatingni ayt deb, olam to‘la o‘yinchoq bo‘lsa deb javob beribdi. Kelindan niyatini so‘rashibdi: yonimda nur to‘la beshik bo‘lsa, deb javob qilibdi, yigitdan so‘rashibdi: yonimda bir go‘zal yor bo‘lsin debdi, otadan niyatini so‘rashganida olamda tinchlik barqaror bo‘lsin debdi, onadan, onalardan so‘rashganida farzandlarimiz sog‘-omon bo‘lsin, deya javob qilgan ekan. Inson uchun eng katta boylik so‘zsiz salomatlikdir. Zero, yilning «Keksalarni e’zozlash» deb atalishi biz farzandlar va nabiralar sog‘ligini katta baxt deb hisoblovchi buvi-bobojonlarning ham salomatligi, bardam-baquvvat bo‘lishi Yurtboshimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatuvchi dalolatdir. Barchamizning baxtimizga to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi, uyga borganda quchoq ochib kutib oluvchi, yuzlari ziyoga, nurga to`la nuroniy bobolarimiz, qalbi mehrga, ko`zi sehrga to`la farishta buvilarimiz omon bo`lishsin. Har qachon va har yerda ularni bugungidan-da, ortiqroq e`zozlaylik, qadriga yetaylik. Yoshi ulug’ insonlarning har so’zidan hikmat topamiz, har kalomidan ibrat olamiz. Zero ularning har bir o`giti-komillikka eltuvchi yo`ldir.   Bobom va buvim timsolida ozod va obod Vatanimizning, baxtli insonlar mamlakatining  nuroniy otaxonlari, onaxonlarini qadr ko’rib, hech qachon qarimasdan, hurmatu-e’zozni ko’rib,quvvatiga quvvat, umriga umr qo’shilayotganini, baxtimizga sog’-omon bo’lishini istab,  ezgu tilaklarimni izhor etdim..  Sevimli adibimiz Erkin Vohidov o’zining shoh satrlarida piru-badavlat keksalarimizni shunday ulug’laydi:
 
Qo’llarida aso, keksalar                        
Yuzlarida ziyo, keksalar.
Dillarida davron sevinchi,
Tillarida duo, keksalar.

Keksalik uy doim nurafshon,
Keksalarga jonimiz qurbon.
Uyimizning to’rida bo’ling,
Tashlab ketmang bizni beomon.

Iloho, mustaqil va obod diyorimizga hech qachon ko’z tegmasin. Yomon ko’zlardan duosi bilan yurtimizni asrovchi bobo-yu buvijonlar doimo sog’-omon bo’lishsin.

Bekshod Mustafoyev.
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani,
22-maktabning 9- sinf o’quvchisi.
Telefon: +99890500 03 24,
+99893 430 63 79.
+99890 500 87 74.
+99893 437 83 42.
 
Mavzu: Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri.

7 чудес Узбекистана